2021-yilda yoʻl-transport hodisasi natijasida salkam 2 yarim ming fuqaro halok boʻlgan

05:35 06 Aprel 2022 Jamiyat
679 0

Foto: Arxiv surat

Bugun Senat binosida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda davlat xaridlari, sogʻliqni saqlash va boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi, ayrim raqamlar ochiqlandi. Jumladan:

2019-yilda 8 092 ta yoʻl-transport hodisasida, jami 9 ming 990 nafar fuqaro jarohatlanib, shundan 2 ming 67 nafari halok boʻlgan boʻlsa (oʻlim koʻrsatkichi 20,7%), 2020-yilda 6 982 ta YTHda 8 ming 553 nafar fuqaro jarohatlanib, 1 ming 962 nafari halok boʻlgan (oʻlim koʻrsatkichi 23%).

2021-yilda esa 10 001 ta yoʻl-transport hodisasida 9 ming 230 nafar fuqaro jarohatlanib, 2 ming 436 nafari halok boʻlgan (oʻlim koʻrsatkichi 21%).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?