2021-yilda ekspertizadan oʻtkazilgan 892 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning 25 foizida 660 dan ortiq korrupsiyaviy omillar aniqlangan

05:04 20 Aprel 2022 Jamiyat
396 0

Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum boʻldi.

Qayd etilishicha, oʻtgan davr mobaynida Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan hujjatlar loyihalarning 245 tasi yoki 13 foizida 405 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan hamda loyiha ishlab chiquvchilariga ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar berilgan.

Shundan 114 ta loyiha alohida tartibda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganda ularning 83 tasida yoki 73 foizida 237 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Amaldagi 892 ta normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib ularning 224 tasida yoki 25 foizida 660 dan ortiq korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер