2021-yil Oʻzbekistonda 54 ming oilalar uy-joy bilan taʼminlanadi

18:20 03 Mart 2021 Siyosat
563 0

Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan taʼminlash belgilangan.

Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp uy-joylar quriladi.

Shundan: «Qishloq qurilish invest» va «Shahar qurilish invest» tomonidan 12 mingta; yangi tartib boʻyicha Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira; har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500 tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi.

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, ogʻir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan 1 mingta oila, ayniqsa ayollarga “ijtimoiy uy-joylar” ijara asosida ajratiladi.

Jami 54 ming uy-joydan: Qoraqalpogʻistonda – 2 290 ta, Andijonda – 4 665 ta, Buxoroda – 3 220 ta, Jizzaxda – 1 670 ta, Qashqadaryoda – 3 710 ta, Navoiyda – 1 836 ta, Namanganda – 4 025 ta, Samarqandda – 4 479 ta, Surxondaryoda – 3 989 ta, Sirdaryoda – 1 414 ta, Toshkent viloyatida – 4 046 ta, Fargʻonada – 4 530 ta, Xorazmda – 3 016 ta va Toshkent shahrida – 7 556 ta uy-joy topshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?