2021-yil Oʻzbekistonda 20 ta xalqaro musobaqa oʻtkaziladi

13:48 09 Yanvar 2021 Sport
577 0

Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

Joriy yilda 13 ta davlatdan 17 ta sport turi boʻyicha 23 nafar professional trener va mutaxassis taklif etilishi aytildi. Qoʻmita raisi boʻlajak sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlariga ham toʻxtalib oʻtdi.

«Oʻzbekiston terma jamoalari sportchilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga jami 110 ta lizensiya qoʻlga kiritish rejalashtirilmoqda. Sport federatsiyalari uyushmalariga shtat jadvallariga birinchi marta 18 ta shifokor, 18 ta diyetolog, 17 ta massajchi va 16 ta psixolog kiritildi. 11-yanvardan boshlab, har bir tumanda 6 ta sport turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtadi», dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?