2021-yil davomida tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmoli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda

15:25 24 Noyabr 2020 Siyosat
272 0

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

"Mazkur norma 2021-yil uchun moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasida qayd etilgan.

Shuningdek, bugun Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ishtirok etgan Bosh vazir Abdulla Aripov ham buni tasdiqlab, bu aholi uchun yengillik yaratish va qoʻllab-quvvatlash yoʻlida qilinayotganligini bildirib oʻtdi.

Umid qilamizki, bu sifatga taʼsir qilmaydi" deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?