2020-yilgi “reyting”da Muhammad va Muslima ismlari gʻolib boʻldi

18:22 11 Yanvar 2021 Jamiyat
376 0

Fargʻona viloyatida 2020-yilda 94 ming 391 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu tugʻilish 2019-yilga nisbatan 6 ming 522 nafarga koʻpayganidan dalolat beradi.

Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabariga qaraganda, yakunlangan yilda viloyatda qizlarga nisbatan oʻgʻil bolalar koʻp tugʻilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 2020-yili Fargʻonada tugʻilgan qizlarga Muslima, Soliha, Imona va Shukrona ismlari koʻp qoʻyilgan boʻlsa, oʻgʻil bolalarga ism tanlashda chaqaloqning yaqinlariga koʻproq Muhammad, Mustafo, Abdulloh va Imronbek ismlari maʼqul boʻlgan.

Shu tariqa oʻtgan yili viloyatda tugʻilishga nisbatan oʻlim holatlari 4 barobar kam qayd etilgan boʻlib, ushbu raqam 22 ming 124 nafarni tashkil etdi.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?