2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan

15:17 15 Sentyabr 2023 Iqtisodiyot
1179 0

Markaziy bank so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonda qancha oltin quymalari va esdalik tangalari sotilganini e’lon qildi.

Bu davrda aholi tomonidan 2 951 dona oltin va 3 864 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotilgan. Ularni banklar orqali sotib olish mumkin. Qaysi bankda qanday esdalik tangalari borligi haqida bu yerdan bilish mumkin.

Shuningdek, 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg og‘irlikdagi 13 130 ta oltin quymalarini sotib olgan. Oltindan tayyorlangan quymalarning 75 foizi Toshkent shahridan sotib olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер