2020-yilda Toshkentda yuzdan ortiq koʻp qavatli binolar noqonuniy qurilgan

15:55 28 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
716 0

Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi:

— Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida koʻp kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Oqibatda qurilgan koʻp kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimiga salbiy taʼsir oʻtkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda.

2020-yilda xatlov oʻtkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (koʻp kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda.

Yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarda ikki va undan ortiq boʻlgan koʻp kvartirali uylarni qurish taqiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?