2020-yilda pensiya nafaqasida 25 mlrd soʻmlik ortiqcha toʻlovlar hisobdan chiqarildi

17:16 29 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
749 0

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan  matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga asosan:

16 mingdan ortiq fuqaroning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 25 mlrd soʻmlik ortiqcha toʻlovlar hisobdan chiqarildi;

2020-yil 1-fevraldan boshlab pensiya miqdori va pensionerlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni Pensiya jamgʻarmasining sayti orqali QR kod bilan tasdiqlangan elektron shaklda olish imkoniyati yaratildi;

2020-yil 1-iyundan boshlab, ushbu maʼlumotnomalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (YEPIGU) orqali elektron murojaat asosida berilishi joriy etildi;

tibbiy-mehnat espertizasi komissiyasi va Xalq bankining Pensiya jamgʻarmasi bilan elektron maʼlumotlar almashinuvi real vaqt (on-layn) rejimiga oʻtkazildi;

2020-yil 1-sentyabrdan boshlab, bola tugʻilganda beriladigan nafaqa (suyunchi) pulini Davlat xizmatlari markazlari va Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri Xalq bankining istalgan filiali orqali olish tizimi joriy etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?