2020-yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 2 mingga yaqin mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan

15:03 16 Fevral 2021 Jamiyat
640 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Bosh prokuratura faoliyati tahlili yuzasidan maʼlumot berdi.

Oʻtgan yillarda ochilmay qolgan 1 125 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvda boʻlgan 2 446 nafar shaxs ushlandi;

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 10 372 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov oʻtkazilib, 6 100 nafar shaxsga nisbatan 3 903 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 622,2 mlrd. soʻmlik zarar ayblanuvchilardan undirildi;

2020-yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi;

Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxs oqlandi.

Xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish haqida 194 ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs mamlakatimizga etap qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?