2020-yilda DXX idoralari saʼy-harakati bilan toʻrtta teraktning oldi olindi

12:23 05 Aprel 2021 Jamiyat
1109 0

2020-yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari saʼy-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Ulardan 2 tasi Oʻzbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.

Shuningdek, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qoʻyilgan.

Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi hamda javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, 747 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4781 dona oʻq-dori va 24,4 kilogramm portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan, 540 dan ortiq korrupsiya bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyilgan.

Byudjet va kredit mablagʻlarining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, 557 milliard soʻm davlat foydasiga undirilgan.

Taʼkidlanishicha, noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etilgan, chegaradan noqonuniy olib oʻtilgan 58,3 milliard soʻmlik tovar-moddiy boyliklar qoʻlga olingan.

Shu bilan birgan, Oʻzbekiston Prezidentining topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya Arabistoni va Afgʻoniston davlatlarida ogʻir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?