2020-yil IIV tizimida 680 dan ziyod holatda xizmat intizomi buzilgan

Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning axboroti eshitildi.
Senator Farmon Toshev vazirga sohada kadrlar masalasidagi muammolar, xizmat intizomini buzganlar, korrupsiyaga yoʻq qoʻygan xodimlar haqida savollar berdi.
Vazirga koʻra, kadrlar tizimi yangilanmoqda, xodimlarni qayta oʻqitish, malaka oshirish masalalari takomillashtirilmoqda.
«Oʻtgan yili 134 nafar xodimning 27 nafari oʻlim yoki tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq avtotransport hodisalari bilan bogʻliq. Mansab vakolatidan chetga chiqish, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash, dalillarni soxtalashtirish, 18 ta holatda jinoyatni qasddan yashirish, 16 ta poraxoʻrlik, 12 ta firibgarlik holati boʻldi. Ularga qonun boʻyicha tegishli jazolar berilyapti.
680 tadan ziyod xizmat intizomini buzish holati boʻlgan. Bularning aksariyati yaʼni 76 foizdan ortigʻi bizning xavfsizlik inspeksiyamiz tomonidan aniqlanyapti, ular intizomiy jazoga tortilgan», dedi Poʻlat Bobojonov.
Avvalroq, Poʻlat Bobojonov ilgari jinoyatchilik koʻlami faqat raqamlar orqali baholangani hozirda bu tizim ancha oʻzgarganini aytib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Shahnoza Toʻramurodova,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring