2020-yil eng koʻp byudjet pulini talon-toroj qilgan vazirlik aniqlandi

11:49 13 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
613 0

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablagʻlarning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019-yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd.soʻm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.soʻmni byudjetga tiklanishi taʼminlandi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar boʻyicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida oʻtkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (29,8 mlrd.soʻm) nisbatan 3,2-martaga oshgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻtkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (13,8 mlrd.soʻm) nisbatan 2,9-martaga oshgan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida oʻtkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (8,3 mlrd.soʻm) nisbatan 2-martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida oʻtkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (1,1 mlrd.soʻm) nisbatan

8,5-martaga oshgan.

Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd.soʻm), Suv xoʻjaligi (5,6 mlrd.soʻm), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi (5 mlrd.soʻm), Jismoniy tarbiya va sport

(4,1 mlrd.soʻm), Qishloq xoʻjaligi (3,1 mlrd.soʻm) vazirliklari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

“Oʻzbekkino” milliy agentligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd.soʻm miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd.soʻm), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.soʻm), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.soʻm)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?