200 million soʻmlik uy uchun 455 million soʻm foiz. Ipoteka kreditini Ispaniyadan olsammikan?

Illyustrativ surat
Ispaniyadagi banklar koʻproq oʻz xalqini va chet el fuqarolarini oʻylashar ekan. Bizda esa banklar foyda olishni oʻylashadi…
Ispaniyada hatto chet el fuqarolari ham kredit olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Ispaniyada ipoteka kreditlari odatda 5 yildan 30 yilgacha muddatga beriladi. Ayrim xorijiy davlatlarda 40 yil muddatga ham beriladi. Bizda eng koʻpi bilan 20 yil muddat.
Ispaniya banklari Ispaniyada mulkni kredit asosida sotib olayotgan chet elliklarga kredit berish, qulay moliyalashtirish shartlarini taklif qilishadi. Shuningdek, ularda kredit boʻyicha foiz stavkalari qatʼiy, oʻzgaruvchan va aralash boʻlishi mumkin. Bizda foiz stavkalari qatʼiy. Uni oʻzgartira olmaysiz.
Eng qizigʻi va menga yoqqan joyi hozirgi vaqtda Ispaniyada kreditlar boʻyicha foiz stavkalari yiliga 2,5 — 3.5 foiz atrofida. Bizda esa eng kami Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan olmoqchi boʻlsangiz yiliga eng kami 20 foiz va undan yuqori. Oʻzimizda har bir bankni rasmiy saytida kredit kalkulyatori mavjud. Ipoteka bankining rasmiy saytidagi kredit kalkulyatori boʻyicha oʻrtacha 200 000 000 soʻmlik uy-joyni hisob-kitob qilib koʻrib qoʻrqib ketdim. 20 yilga taxminan uy menga 655 000 000 soʻmga tusharkan. 455 000 000 soʻmni bank qarz berib turgani uchun berishim kerak ekan. Buni nima deb atashni ham bilmayman.
Shu oʻrinda savol paydo boʻladi. Banklar xalqni ogʻirini yengillashtirishi, ularga qulay sharoitlar yaratib berishi kerakmasmi? Nega koʻplab narsalarda ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganamizu, ipoteka krediti berilishida amal qilinmaydi bu qoida. Bizdagi banklarning faoliyati oddiy tilda aytganda, sutxoʻrlik koʻrinishidagi faoliyatga oʻxshab qolmayaptimi?
Farruhbek JOʻRAYEV, huquqshunos.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring