2 nafar doʻstim bilan shartlashganman. Shu sabab har kuni 7,5 ming qadam yuraman — Vazir

18:36 22 May 2021 Jamiyat
1475 0

Avvalroq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov “Toshkent besh tashabbus harakati” festivali doirasidagi ochiq muloqotda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

“Xalq soʻzi” muxbiri Inobat Ahatovaning xabar berishicha, uchrashuvda ishtirokchilardan biri OTMlardagi “keraksiz” fanlar haqida savol berdi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri savolga “kreativ” javob qaytardi.

“Men oʻylayman kelgusi yildan barcha OTMlar kredit modul tizimiga oʻtadi va muassasalarda bittadan prorektor chet el jalb qilinadi”, dedi vazir.

Toshqulov oʻzining bahsi haqida ham aytdi.

«Keraksiz fan desam toʻgʻri soʻz topmagan boʻlaman. Lekin bevosita shu taʼlim yoʻnalishiga xos boʻlmagan fanlarni qisqartirish boʻyicha topshiriq ketdi. 

Vazir boʻlgunimcha ham suhbatda aytgandim “Jismoniy tarbiya” fanini koʻpgina rivojlangan davlatlar singari fan sifatida olish kerakdir. Jismoniy tarbiya bilan odam oʻzi shugʻullanishi kerak.

Masalan men telefonimda 7,5 ming qadamlik “blank” oʻrnatganman. Bu oddiy misol. Ikki nafar doʻstim bilan shartlashganman maʼlum bir “summaga”. Oʻzimni majburlash uchun. Kechasi 12 gacha 7,5 ming qadam qoʻymasam, kechasi 12da men paynet qilib, oʻsha pulni tashab berishim kerak. Oʻzimni majburlaganman sportga», dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?