2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yoʻq

18:16 18 Iyul 2022 Siyosat
665 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda yana bir muammoga toʻxtalib oʻtildi – 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yoʻq.

Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri boʻlmagani uchun yer soligʻi 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.

Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi. Ishchi guruhlari:

— 1-oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati boʻlmagan xonadonlarning elektron roʻyxatini shakllantiradi;

— uy-joyga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etishga asos boʻluvchi hujjatlarni toʻplaydi va elektron bazaga kiritadi.

Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yoʻq xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qoʻyildi.

Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qoʻllash toʻxtatib turishga qaror qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?