Ikki yilda 100 ga yaqin mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan – Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi talon-torojliklar haqida

18:49 28 May 2021 Jamiyat
559 0

Ayni paytda Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, koʻp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilmoqda.

Unda qatnashayotgan “Xalq soʻzi” muxbirining xabar berishicha, videoselektor yigʻilishida Prezidentimiz uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida mablagʻlarni samarasiz ishlatish, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish, qolaversa korrupsiyaviy omillar ancha yuqoriligi taʼkidladi.

Jumladan, oʻtgan 2 yil davomida sohaning 100 ga yaqin mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani uchun, javobgarlikka tortilgan.
Masalan, Andijon uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi rahbarlari 240 million soʻm, Namangan “Taʼmirlash tiklash xizmati” korxonasi mansabdorlari 250 million soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan, Surxondaryo Suv taʼminoti boshqarmasi xodimlari 540 million soʻm mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan.

Shu bois Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov) tizimi oldida koʻp qavatli uy-joylarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash va uy-joy fondini yangilash, sohada korrupsiyani yoʻqotish vazifalari ustuvor etib belgilanadi. Bunda viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish uchun ularga boshqaruv-servis kompaniyalarni jalb etish lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?