1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga poʻl toʻlash vaqtincha toʻxtatildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 253-sonli qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish boʻyicha “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi, yaʼni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.
"Mazkur platforma boʻyicha joriy yil 10-iyundan 13-sentyabrga qadar bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd. soʻm mablagʻlar toʻlab berildi.
Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 300 ming soʻmdan, har bir hudud boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga qoʻshimcha ravishda 1 mln. soʻm toʻlanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. soʻm mablagʻ foydalanuvchilar elektron hamyoniga oʻtkazib berildi.
Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meʼyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 500,0 mln. soʻmdan kam mablagʻ qolsa, mobil ilova boʻyicha foydalanuvchilarga toʻlovlar, ushbu shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 5,0 mlrd. soʻmgacha mablagʻ yigʻilgunga qadar avtomatik tarzda toʻxtatilishi belgilab qoʻyilgan.
Bunda, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar 5,0 mlrd. soʻmga yetgunga qadar mobil ilovada oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga toʻlanadigan toʻlovlar toʻlanmasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yil 14-sentyabrdan boshlab mobil ilova boʻyicha foydalanuvchilarga toʻlovlar vaqtincha toʻxtatilganligini maʼlum qilamiz" deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring