180 ming fuqaro zoʻravonlik boʻyicha rasmiy ogohlantirildi

18:12 30 Dekabr 2019 Jamiyat
1075 0

Illyustrativ foto

Joriy yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda tizimning quyi boʻgʻinlarida Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Boʻlim xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish boʻyicha qator tadbirlar olib borilyapti. Jumladan, shu yilning oʻtgan davrida 180 ming fuqaroga zoʻravonlik boʻyicha rasmiy ogohlantirish yuborilgan. Bu degani, shuncha xotin-qizlarning huquqi himoya qilinganidan darak beradi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati tomonidan Interpol markaziy byurosida oʻtkazilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida yil yakunlari boʻyicha sarhisoblarga bagʻishlangan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida taʼkidlab oʻtildi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida respublika, viloyat va tuman (shahar) IIOlari tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyichainspektor shtati joriy etildi.

Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida respublikada 5 624 nafar xotin-qizlarning ishga joylashishiga koʻmaklashildi, 4 807 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatildi, 1 500 nafari davolashga muhtojligi aniqlanib tibbiy dispanserlarga yuborildi, 1 688 nafariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini qayta tiklashda amaliy yordam koʻrsatildi, 2 944 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashildi, 1 106 nafari taʼlim muasssalariga qaytarildi, 271 nafari “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari”ga yuborilishi taʼminlandi.

Eng muhimi, uyma-uy yurib oʻrganishlar natijasida, 25 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berildi, 10 ming dan ortiqyosh oilalarning ajrashib ketishi oldi olindi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?