18 mln. soʻmlik uyali telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shaharida fuqaro Q.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 10-avgust kunidan 11-avgust kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Kashtanzor koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonidan jami narxi 18.000.000 soʻmlik turli rusumdagi uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.I sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi Q.O.ga tegishli 6-dona telefon apparatlari daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring