“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning bayram chegirmalaridan qancha yo‘lovchi foydalandi?

17:45 26 Mart 2018 Jamiyat
1869 0
Foto: anons.uz

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni va 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida, Navro‘z bayramini nishonlash kunlari hamyurtlarimizga ko‘plab qulayliklar yaratib berildi. 

Xususan, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan individual yo‘lovchilar, oilalar va guruh tarkibidagi yo‘lovchilar uchun 18 — 22 mart kunlari respublika ichidagi barcha reyslar uchun aviachiptalarda chegirmalar taqdim etildi.

Bayram paytida chegirmali aviachiptalar 103 ta muntazam reys uchun amal qildi. Shundan Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarning oshgan talabini qondirish maqsadida yana 28 ta qo‘shimcha parvozlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, 19 mart kuni “Toshkent — Qarshi” reysi o‘zgartirilib, Buxorogacha aviachipta olishni istagan yo‘lovchilarni tashish uchun “Toshkent — Qarshi — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida parvoz qildi. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilishlaricha, 18 — 22 mart kunlari respublika ichida jami bo‘lib 13 mingdan ziyod yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?