17 ta MTTdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus uskunalar yetkazib berildi (foto)

18:10 18 Mart 2021 Jamiyat
2329 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Toshkent shahri boʻylab, 17 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus uskunalar yetkazib berildi.

Toshkent shahrida korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yaratish dasturi ishga tushirildi. 

Vazirlikning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, dasturning birinchi bosqichiga start berildi. Toshkent shahri boʻylab 17 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun reabilitatsiya uskunalari yetkazib berilmoqda.

Reabilitatsiya uskunalari roʻyxatiga: tibbiy majmua «Amblioter»i, koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan bolalar uchun qurilmalar, yumshoq quruq hovuzlar, bolalarni oʻqitish uchun zinalar (bemorni yuqoriga va pastga kundalik tayyorlash uchun ishlatiladi), tayanch-harakat buzilishi boʻlgan bolalar uchun guruhlarda bolalar ortopedik funksional qurilmalari, vertikalizatorlar, yurish uchun ortopedik mashqlar mashinalari, bolalar uchun aravachalar, bundan tashqari bolalarning turli xil mashq jihozlari, chaqaloqlar uchun maxsus yotoqlar ham oʻrin olgan.

Dasturning birinchi bosqichida Toshkent shahri va viloyatidagi jami 17 ta MTTlardagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari yetkazib berildi.

Keyingi bosqichlarda Toshkent shahridagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta taʼmirlash va qurish, shu bilan birga, respublikamizning barcha hududlaridagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur maxsus uskunalar bilan jihozlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb etish rejalashtirilgan. Butun mamlakat boʻylab 70 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari yil oxirigacha zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?