17 o‘zbek klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi
Foto: AFC
OFK futbol klublarini litsenziyalash natijalarini e’lon qildi hamda 2023/24-mavsum musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalar nomiga oydinlik kiritdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Liga litsenziyalash uchun 25 ta klubni jalb qildi. Mazkur ko‘rsatkich borasida O‘zbekiston Osiyoda birinchi bo‘ldi. Mos ravishda Qatarning 17 ta va Saudiya Arabistonining 16 ta klubi litsenziyalashga jalb etilgandi.
Litsenziya uchun da’vogarlardan O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etildi. Bir yil avval 12 ta o‘zbek klubi bunga muvaffaq bo‘lgandi. Mos ravishda Qatarning 15 ta, Amirliklarning 13 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi.
OFK litsenziyasiga ega chiqqan O‘zbekiston klublari: “Paxtakor”, “Navbahor lochinlari”, “Nasaf”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon”, “Turon”, “Buxoro”, “Mash'al”, “Sho‘rtan”, “Olimpik”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring