17 ming 100 nafar yoshlarga 7 ming gektardan ortiq yer maydoni uzoq muddatlarga ijaraga berildi

17:59 27 Noyabr 2023 Jamiyat
285 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov maʼlum qildi.

110 ming 200 nafar yoshlar korxona va tashkilotlardagi boʻsh (vakant) va kvota ish oʻrinlariga ishga joylashtirildi.

9 ming 700 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

55 ming 600 nafar yoshlar kasb-hunarga oʻqitildi.

121 ming 500 nafar yoshlarga 2 milliard 650 ming soʻm oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida yagona elektron platforma orqali imtiyozli kreditlar ajratildi.

12 ming nafarga yaqin ishsiz yoshlar ijtimoiy himoyaga olinib, ularga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan 9 ming 203 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga tashkiliy tarzda yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер