152 ta milliy madaniy markazda “Yakshanba maktablari” tashkil etilgan

16:36 22 Noyabr 2022 Jamiyat
416 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Gʻayratulla Shukurov maʼlum qildi.

“Yakshanba maktablari”da yoshlarga ona tili va davlat tili, urf-odat va anʼanalar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlarida bilim berib borilmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat koʻrsatib kelayotgan milliy madaniy markazlar qoshida “Yoshlar qanoti”, sport toʻgaraklari va ansambllar bilan ishlash boʻlimlari yoʻlga qoʻyilgan.

Milliy madaniy markazlarning yoshlari uchun oktyabr oyida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan 100 dan ortiq turli milliy liboslar, 60 dan ortiq milliy cholgʻu asboblari, komplekt zum-apparaturasi, rangli printerlar, komplekt musiqiy-apparaturalar topshirildi.

15-20-noyabr kunlari mamlakatimizda Bagʻrikenglik haftaligi boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер