15 ming dollar evaziga “Narxoz”ga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

18:00 01 Mart 2021 Jamiyat
669 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qilingan murojaat asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 15000 AQSH dollari olmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 17-fevral kuni fuqaro Yu.R. Agentlikka murojaat qilib, oʻzini Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi “komplayens-nazorat” boʻlimi xodimi deb tanishtirgan D.M., undan tanishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga 15000 AQSH dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Joriy yilning 26-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida, fuqaro D.M. kelishilgan 15000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?