15 yil oliy toifani saqlagan pedagog-oʻqituvchilarga oliy toifani umrbod saqlab qolish imkoniyati beriladi

18:58 09 Avgust 2022 Jamiyat
1823 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgust kuni qabul qilingan 425-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ga 572-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, oliy malaka toifaga ega boʻlganidan soʻng uni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga (shu jumladan, dekret taʼtili davri ham) ega boʻlgan pedagog kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydigan pedagoglarga aniqlik kiritildi.

Hozirgi aniqlashtirilgan tahrirga asosan pedagog-kadrlar oliy toifali boʻlib, oʻz darajasini 3-marta majburiy attestatsiyada tasdiqlaganlaridan soʻng umrbod oliy toifali boʻlishlari mumkin.

Misol uchun, 2022-yilda oliy taʼlim muassasasini bitirgan pedagog navbatdan tashqari attestatsiya imkoniyatlaridan foydalanib, 2024-yilda oliy toifali boʻladi va shundan boshlab 15 yil ichida 3 marotaba (2029, 2034 va 2039-yillarda) tasdiqlaydi. Bunday holatda pedagog 39 yoshida pensiyagacha oliy toifani saqlab qoladi.

Avvalgi tahrirda 15 yil davomida oliy toifaga ega boʻlmay 16 yilda oliy toifani olgan pedagoglar avtomatik ravishda umrbod oliy toifani saqlab qolishi mumkin yoki mumkin emasligi borasida turli talqinlar ham yuzaga kelgan.

Bu esa avvallari 1-toifali boʻlib, soʻnggi attestatsiyada oliy toifani olgan baʼzi ustozlarning keyinchalik oʻz malakasini oshirib bormasligiga sabab boʻlayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер