15-iyuldan Rossiya chegarasini kesib oʻtishdagi cheklovlar bekor qilindi

14:55 15 Iyul 2022 Dunyo
615 0

Bugun, 15-iyuldan boshlab pandemiya sababli 2020-yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish boʻyicha joriy qilingan barcha cheklovlar bekor qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Rospotrebnadzor koronavirus cheklovlarini bekor qilgan boʻlsada, Rossiya hukumati tomonidan quruqlikdagi chegaradan mamlakat tashqarisiga chiqishdagi cheklovlar saqlanib qolingan.

Shu bilan birga, agar COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat yomonlashsa, cheklov choralari qayta tiklanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?