15-avgustdan metro faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi

18:40 14 Avgust 2020 Jamiyat
975 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020-yil 15-avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Soat 6-00 dan eʼtiboran, Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan soʻng toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yoʻlovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Doʻstlik – Qoʻyliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?