15-aprelni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni deb belgilash taklif qilinmoqda

12:52 04 May 2021 Jamiyat
120 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihada 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda.

Majlisda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash hamda targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yana-da ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bunda madaniyat va sanʼat sohasi fidoyilarining munosib hissasi bor.

Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?