14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

06:24 30 Mart 2023 Siyosat
464 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni okrug raisi Abdulla Magrupov olib bordi.

Dastlab okrug komissiyasi aʼzolariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

Shundan soʻng yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududi boʻyicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 12 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari maʼlumot uchun qabul qilindi.

Muhokamalardan soʻng okrug aʼzolari tomonidan Toshkent shahar referendum okrugi hududida 823 ta referendum uchastkalari tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi.

Yigʻilish yakunida okrug komissiyasi raisi referendum kampaniyasi davomida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar xususida batafsil toʻxtalib, okrug aʼzolariga vazifalar taqsimoti belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер