14 ta xorijiy aviakompaniya Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasiga qarashli samolyot
14 ta xorijiy aviakompaniya Oʻzbekistonda faoliyat yuritishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari v.b. Ulugʻbek Qosimxoʻjayev yil yakunlariga bagʻishlab tashkil qilingan matbuot anjumani vaqtida maʼlum qildi.
Qosimxoʻjayevning aytishicha, uning oʻzi toʻrtta katta loukoster kompaniya bilan muzokara olib borgan. “Hozirda jami Oʻzbekiston bozoriga 14 ta turli kompaniya qiziqish bildirmoqda. Bu faqatgina loukosterlar emas. Ular orasida - KLM (Niderlandiya), Lufthansa (Germaniya), Lion Air (Indoneziya) va boshqalar”, - dedi Qosimxoʻjayev.
Turkiyaning ikkita loukosteri Pegasus Airlines va Atlasglobal, shuningdek, BAAdan Flydubai hamda Rossiyadan yana bir kompaniya Oʻzbekiston bozorini kuzatmoqda.
“2018 yil aviatsiya sohasida katta oʻzgarishlar boʻldi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” monopoliyani yoʻqotdi. Aeroportlarni boshqarish funksiyasi Uzbekistan Airportsʼga berildi. Endi kim bozorga kirishi masalasi bevosita bosh vazirning vakolatlari orasida”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring