12 ta tuman va shaharda oʻzlashtirilgan jami investitsiyalar oʻtgan yilga nisbatan kamaygan

12:57 18 Yanvar 2024 Siyosat
220 0

Oʻtgan yili 5 ta - baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada boʻlgani koʻrsatib oʻtildi.

Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023-yilda 1,6 barobar oʻsgan boʻlsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu koʻrsatkich imkoniyatga yarasha boʻlmadi.

Shuningdek, 12 ta tuman va shaharda oʻzlashtirilgan jami investitsiyalar oʻtgan yilga nisbatan kamaygan.

Yoki, 6 ta tuman va shaharda oʻzlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.

Masalan, Shofirkon, Yangiobod, Nurobod, Paxtachi, Furqat va Xiva tumani hokimlariga konsalting kompaniyalar tomonidan 800 million dollarlik 241 ta tayyor investitsiya loyiha takliflari ishlab berilgan boʻlsa-da, hokimlar tayyor loyihalarga ham investor topmagan.

Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер