12 yilda ilk marta! Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

10:50 07 Avgust 2023 Sport
564 0

Arxiv foto

Vengriyada o‘tgan Masters turnirida o‘zbekistonlik 23 yoshli dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqani 2 karra Olimpiada va Jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan To‘raboyev chempionlik yo‘lida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixael Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Palchik (Isroil) kabi sportchilarni yengdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza (Diyora Keldiyorova, Davlat Bobonov) medallari bilan yakunlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor bu turnirda terma jamoadan oltin medalni 2011 yilda Rishod Sobirov yutgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер