11 oy davomida tabiatga 9 787,2 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan — Davlat qoʻmitasi

AOKAda oʻtgan matbuot anjmunida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Narzulla Oblomurodov moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berdi:
— Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻralgan;
20-noyabr holatiga koʻra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 757,4 mln soʻmi undirildi;
— tabiatga yetkazilgan zarar — 9 787,2 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 942,4 mln soʻmi undirildi;
— undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat boʻyicha (6 913,1 mln soʻm) toʻplangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi;
— 17 ta holat boʻyicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring