11 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

21:40 24 Iyul 2021 Jamiyat
622 0

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 11 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayilandi.

Bular:

Raximov Abdumoʻmin Tashbulovich - vakolat muddati davriga Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Nabiyev Otabek Olimdjonovich - vakolat muddati davriga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xovos tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Umarov Moʻminjon Karimovich - vakolat muddati davriga Fargʻona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Ibragimova Ashurxon Oʻktamovna - vakolat muddati davriga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Suleymanov Dilshod Mirxoshimovich - vakolat muddati davriga Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Olmaliq shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Abduraxmanova Guzal Israyilovna - vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Sulaymanov Axror Ibragimovich - vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Yoriyev Anvar Komilovich - vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Xaitboyev Alibek Otabekovich - vakolat muddati davriga Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Xamrayeva Elvira Damirovna - vakolat muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Sattarov Omon Ilxamovich - vakolat muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?