102 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yurt ertasi uchun ovoz berdi

11:14 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
211 0

Foto: Халқ сўзи

Buxoro shahridagi Tursunoy koʻchasi 12 -uyda istiqomat qiluvchi Ahmad Gʻulomov tabarruk 102 yoshda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan otaxonning qoʻli doim duoda.

- Yurtimiz tinch, turmushimiz farovon boʻlsin, Oʻzbekistonimizga koʻz tegmasin, - deydi u. - Yoshligim shundoq koʻz oʻngimda. Shamoldek yelardim.Taqdir ekan, urushdan sogʻ-omon qaytib, uvali-juvali boʻldim.

29 nevara, 18 chevaraning suyumli bobojonisi boʻlgan Ahmad ota bugun tongdanoq bayramona kiyinib, yaqinlari koʻmagida hovliga chiqdi. Oʻz navbatida Buxoro shahridagi 38 – saylov uchastkasi aʼzolari ushbu xonadonga tashrif buyurib, Ahmad otaga saylovda ovoz berishi uchun imkoniyat yaratdilar. Otaxon oʻzi munosib deb topgan nomzod uchun ovoz berdi.

Mazkur saylov uchastkasi raisi Rajab Akramovning aytishicha, uchastka hududida 2655 nafar saylovchi bor.Ularning bu muhim siyosiy tadbirda faol qatnashishlari uchun zarur barcha sharoit mavjud Ahmad ota Gʻulomovga oʻxshab imkoniyati cheklangan 30 nafar saylovchining esa bevosita uyiga borib, ularning oʻzlari eng munosib deb topgan nomzod uchun ovoz berishlariga imkoniyat yaratildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?