1000 dollar porani olmagan kadastr xodimi 10 million soʻm pul va sihatgohga 2 kishilik yoʻllanma bilan ragʻbatlantirildi

15:39 24 Mart 2021 Jamiyat
1465 0

2021-yilning 17-fevral kuni Kadastr agentligi, Zangiota tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Azamat Adilovga yengil tipdagi issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonining topografik syomkasini tasdiqlab berish evaziga 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilingan. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Boʻlim boshligʻi pora taklif qilayotgan fuqaro toʻgʻrisida Zangiota tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan va fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etilgan.

“Bugun yuqoridagi tashabbuskor xodim Kadastr agentligining Toshkent viloyatidagi barcha rahbar va xodimlar ishtirokida 10 million soʻm pul mukofoti hamda Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yoʻllanma bilan ragʻbatlantirildi.

Ushbu holat yurtimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurashning kichik bir namunasidir”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?