100 nafar ekspert Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15 ta muhim islohotini aniqlab berdi

12:45 24 Iyul 2021 Siyosat
789 0

Oʻzbekistonda 2017—2021-yillar davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar yangi davrni boshlab berdi. Jadal oʻzgarishlar barcha sohalarni, jumladan davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy soha, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, tashqi siyosatni qamrab oldi.

“Yuksalish» umummilliy harakati soʻnggi besh yilda mamlakat hayotida katta oʻzgarishlarga sabab boʻlgan, eng samarali tashabbus hamda islohotlarni aniqlash uchun navbatdagi ekspertlik soʻrovini oʻtkazdi.

Maʼlumot uchun: Ekspertlik soʻrovi har ikki yilda yetakchi siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari va boshqa jamoat faollaridan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan eng muhim tashabbus va islohotlar roʻyxatini tuzadi va ovoz berish yoʻli bilan tarixiy ahamiyatga ega asosiy islohotlarni aniqlaydi. 2019-yilda oʻtkazilgan ekspertlik soʻrovida davlat rahbarining 10 ta eng muhim tashabbusi ovoz berish orqali aniqlab olingan edi.

Joriy yilgi global soʻrov natijalariga koʻra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga molik 15 ta muhim islohoti shakllantirildi. Ekspertlar fikricha, Oʻzbekiston yetakchisining eng muhim islohoti bu — Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarining oʻrnatilgani, chegaralar ochilgani va nazorat punktlari tashkil etilgani, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar boʻyicha konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilgani (96 ta ovoz).

Islohotlar roʻyxatining keyingi oʻrinlaridan quyidagilar joy oldi:

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?