10 oy davomida normativ hujjatlar talablariga javob bermagan 3540,8 tonna va 4623 litr oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz deb topildi

19:05 28 Noyabr 2022 Jamiyat
385 0

Foto: Халқ сўзи

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Oʻzbekistonning 18-64 yoshdagi aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar isteʼmol qiladi; aholining yarmi — ogʻir vaznli, 20 foizi — semiz; 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan; aholining oʻrtacha tuz isteʼmoli — kuniga 14,9 grammni tashkil etadi, bu — JSST tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar koʻp (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim). Shu bois sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil qilish borasida isteʼmolchilarning savodxonligini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Aholi orasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari va guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish borasida hududlarga 1007 nafar mutaxassis biriktirildi. Ishchi guruhlar 1150 ta reyd oʻtkazdi, 149 marotaba bozorlarda, 375 ta umumiy ovqatlanish korxonalarida, 597 ta savdo doʻkonlarida va 142 ta oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Aniqlangan qamchilar yuzasidan 228 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilib, sifatsiz deb topilgan 36 475 kg yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi taqiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер