10 mingdan ortiq sudyalar va sud xodimlari saylovda ovoz berdi

16:57 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
265 0

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda taʼkidlanganidek, bugun soat 16:00 holatiga, jami 10 mingdan ortiq respublikamizning barcha sudyalari va sud xodimlari oila aʼzolari bilan birgalikda oʻz fuqarolik pozitsiyasini bildirish uchun saylov uchastkalarida ovoz berishdi.

“24-iyuldan 14-oktabrga qadar saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashish, qarorlarini ijro etmaslik, nomzodning, ishonchli vakilining, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, yolgʻon maʼlumotlar tarqatish, saylovni moliyalashtirish tartibini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik bilan bogʻliq ishlar sudlarga kelib tushmagan”, — dedi Oliy sud raisi K. Komilov.

Tadbirda K. Komilov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?