«10 416 ta saylov uchastkasi optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulangan» — Sh. Sodiqov

11:30 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
136 0

Фото: МСК Матбуот маркази

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda vazir saylovda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar haqida OAV xodimlariga batafsil maʼlumot berdi.

«Respublikada mavjud 10 760 dan ortiq saylov uchastkalarining barchasi telefon aloqasi bilan toʻliq taʼminlangan.
Shundan 96,7 foizi yoki 10 416 tasi optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulangan.
Qolgan 3,3 foizi mobil va radio aloqa tarmogʻi hamda sunʼiy yoʻldosh orqali yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlandi», — dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov.

Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?