1-sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga maxsus mobil ilovaga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi

14:49 23 Avgust 2021 Jamiyat
631 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

«Puteshestvuyu bez Covid-19» ilovasini iOS yoki Android tizimlariga oʻrnatish mumkin. Bunda quyidagi oddiy qadamlarni bajarish kerak:

▪️Til tanlash;

▪️Yaqin atrofdagi laboratoriyalarni topish uchun geolokatsiyani yoqish;

▪️Hamma joyda “Keyingi” tugmasini bosish;

▪️Oʻzbekiston fuqarolari “Litsenziya shartnomasi shartlarini qabul qilaman” va “Yakunlash” tugmalarini tanlaydi;

▪️Joʻnab ketish va kirib kelish mamlakatlari koʻrsatiladigan sahifa paydo boʻladi. Yaqin atrofdagi laboratoriyalar roʻyxati ochiladi;

▪️Qulay laboratoriya tanlanadi va bosiladi;

▪️Jarayonlarni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar olinadi;

▪️“Profil” boʻlimida pasport skanerlanadi. QR-kodni tekshirish va dastur tilini oʻzgartirish mumkin;

▪️“Sinovlar” boʻlimida rozilik varagʻidagi QR-kodi skanerlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?