1-sentyabrdan boshlab, yurtimiz boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolarga bir qator yengilliklar beriladi

Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bundan tashqari, 1-sentyabrdan boshlab, yurtimiz boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
- avia, temir yoʻl va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming soʻmgacha, temir yoʻl va avtobusga 100 ming soʻmgacha);
- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming soʻmgacha);
- muzey va boshqa madaniyat obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming soʻmgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring