1 mlrd. 577,5 mln soʻmlik autsorsing xizmati boʻyicha oʻtkazilgan davlat xaridida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi
Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 2023-yil 19-aprel kuni oʻtkazilgan 1 mlrd 577,5 mln soʻmlik davlat xaridida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning:
— 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
— 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi);
— 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.
Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holat boʻyicha davlat xaridi oʻtkazilgan kunning oʻzida Agentlik tomonidan xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga soʻrovnoma kiritildi.
Agentlik taqdimnomasiga binoan Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 27-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring