1 mln AQSH dollari koʻrinishidagi kupyurani sotayotgan firibgarlar ushlandi

23:14 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
319 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.N. va I.P.lar oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan hech qanday qiymatga ega boʻlmagan 1988-yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSH dollari koʻrinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U.ga 40 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?