1-maydan nimalar oʻzgardi?

19:15 01 May 2021 Hujjatlar
1507 0

2021-yil 1-maydan kuchga kiradigan qonunchilikdagi oʻzgarishlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Moliyaviy maʼlumotlar

Quyidagilarga oid moliyaviy maʼlumotlarni OAV va Internetda eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi:

davlat organlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromadi va xarajatlari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi tegishli boʻlgan yuridik shaxslar xaridlari;
davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.

Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi

Mamlakatimizga 2005-yil 1-yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinadi.

International English Language Testing System

Xalqaro imtihon tizimlari – International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT, Graduate Management Admission Test (GMAT), Graduate Record Examinations (GRE), Scholastic Assessment Test (SAT) boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi).

Ijro.gov.uz tizimi

Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat Ijro.gov.uz tizimida amalga oshiriladi. 

Yangi qurilish

Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?