1-maydan boshlab patentsiz migrantlar Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Rossiyada boʻlib turgan fuqarolarimizga huquqiy maqomni tiklash uchun juda kam vaqt qolgani haqida ogohlantirish berdi. Bu haqida agentlik Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, 2025-yil 30-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi 1126-son Farmoni bilan berilgan imkoniyatlar, huquqiy maqomga ega boʻlish uchun berilgan muddat tugaydi.
Ushbu farmon xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Rossiya hududida qonuniy qolish asoslarini yoʻqotgan taqdirda, oʻz huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatini taqdim etadi. Agentlik Rossiyada patent olmagan fuqarolarimizni huquqiy maqomni tiklash uchun oz vaqt qolgani haqida ogohlantirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2025-yil 1-maydan boshlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan shaxslarga nisbatan chiqarib yuborish va kelajakda Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qoʻllaniladi.
Rossiya hududida qonuniy qolish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnoma hujjatlarini olish uchun Rossiya IIVning hududiy organlariga, Rossiya IIV FGUP “PVS” filiallariga yoki Moskva shahridagi GBU MMS “Saxarovo”ga murojaat qilish soʻraladi.
“Shuningdek, qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan va huquqiy maqomini tartibga solishni istamagan xorijlik fuqarolar Rossiya Federatsiyasini mustaqil ravishda tark etishi uchun ham atigi 5 haftaga yaqin vaqt qolganligini eslatib oʻtamiz”, — deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring