1-maydan boshlab yil yakuniga qadar import qilinayotgan sement-beton qoplamali yoʻl qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi

17:42 07 Aprel 2022 Siyosat
867 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Bosh prokuraturaga yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yoʻllar sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Shu bilan birga, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari mavjud emasligi koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ushbu viloyatlarda yoʻl qurish uchun temir yoʻl orqali sement va shagʻal tashishga 50 foiz chegirma beradigan boʻldi.

Yigʻilishda yoʻl klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 1-maydan boshlab yil yakuniga qadar import qilinayotgan sement-beton qoplamali yoʻl qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinishi belgilandi.

Mazkur ishlarga qoʻshimcha 500 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 80 million, kelgusi yilda bu ishlarni kengaytirish uchun 200 million dollar mablagʻ jalb qilish choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?