1-avgustdan nimalar oʻzgaradi?

16:43 30 Iyul 2021 Jamiyat
1186 0

Joriy yil 1-avgustdan boshlab:

Prezident Farmoniga asosan elektron hukumatni rivojlantirish doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda toʻlash imkoniyati taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga koʻra:

a) xizmat avtotransport vositalari:

respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning oʻrinbosarlariga;

respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlarda hamda ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi;

b) respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda:

autsorsing shartlari asosida avtotransport vositalarini jalb etish tashkilotning har 100 nafar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimiga 1 ta avtotransport vositasi hisobida navbatchi xizmat avtotransport vositasi uchun belgilangan yoʻl bosish yillik limitidan oshmasligi lozim;

autsorsing shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari xizmatlaridan respublika davlat boshqaruvi organlarida foydalanish ushbu organ rahbari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga koʻra, oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlarni YAIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер